date
views 1 644

Oltiariqda ona 2 nafar farzandlari bilan uyiga kiritib qo‘yildi

Oltiariqda ona 2 nafar farzandlari bilan uyiga kiritib qo‘yildi
Majburiy ijro byurosining Oltiariq tumani bo‘limi ish yurituvidagi FIB Rishton tumanlararo sudining 07.04.2021 yildagi qaroriga asosan undiruvchi M.N.ni uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan Oltiariq tumani, Tinchlik mahallasidagi uyiga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorga izxtiyoriy muddat berilgan edi.

Lekin, qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddat ichida sud qarori ijrosi ta’minlanmagach, byuroning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan 22.08.2022 yil kuni olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida undiruvchi M.N.ni ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan ijro hujjatida ko‘rsatilgan uyga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi va ijro hujjati amalda tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oltiariqda ona 2 nafar farzandlari bilan uyiga kiritib qo‘yildi