20:22 / 06.09.2022
1 049

Aliment pullari undirib berildi

Aliment pullari undirib berildi
Joriy yilning 05 sentabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “BASTION” kanalida fuqaroning sud ijro hujjatiga asosan qarzdor J.Yuldashevdan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment va moddiy yordam undirish beglilanganligi, biroq, ushbu ijro hujjati 5 oydan buyon ijro etilmayotgani yuzasidan murojaati qoldirilgan. Ushbu murojaat Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjatlariga ko‘ra qarzdor J.Yuldashevdan undiruvchi S.Yuldasheva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 5 aprel kunidan boshlab har oy daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment va farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar 200 ming so‘mdan moddiy ta’minot undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Andijon tuman bo‘limi ish yurituviga 22.06.2022 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

“Mib portal” elektron dasturi orqali yuborilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, qarzdorning nomida “Spark” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlanib, ushbu transport vositasiga nisbatan taqiq qo‘yilgan.

Ijro harakatlari davomida 22.06.2022 yilda aliment va moddiy ta’minot undiruvi qarzdorning ish haqiga qaratilgan.

Shunga qaramay, qarzdorlik qayta hisoblanganda 01.09.2022 yil holatiga J.Yuldashevning aliment qarzi 5 mln. 36 ming so‘mni tashkil etgan. Qarzdor bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida J.Yuldashevdan 06.09.2022 yilda 5 mln. 36 ming aliment pullari undirilib, undiruvchi S.Yuldashevaning plastik raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, har oy 200 ming so‘mdan undirilishi lozim bo‘lgan moddiy ta’minot pullari qarzdorning ish haqiga qaratilgan holda undirib borilayotganligi ma’lum qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat