00:00 / 07.09.2022
1 360

Shayx hazratlarining nurli hayot yo‘llari endi maktab darsliklarida

Shayx hazratlarining nurli hayot yo‘llari endi maktab darsliklarida
Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayot yo‘llariga, Islom ummatining manfaati yo‘lida qilgan xayrli ishlariga xolis nazar tashlaydigan bo‘lsak, bitta olimning musulmonlar uchun qilgan xizmati nihoyatda salmoqli bo‘lganini sezish uncha qiyin emas. Bugun u kishidan keyin hech ikkilanmay aytish mumkinki, shayx hazratlari qisqagina faoliyatlari davomida uncha-muncha jamoalar qilishga ulgurmaydigan katta ilmiy ishlarni, targ‘ib va ta’lim, nasihat, va’z-irshodlarni amalga oshirib ketdilar.

Butun hayotlarini musulmonlarga Allohni tanitish, Uning dini asoslarini o‘rgatish, millatni e’tiqodiy jaholatdan qutqarib, ilmu irfon bo‘stonlarida sayr qildirish ishiga bag‘ishladilar. U kishining kitoblari kirmagan, va’z-nasihatlari yangramagan birorta o‘zbek xonadoni qolmadi, hisob. Hazratning o‘zbek xalqiga omonat qilib qoldirib ketgan kitoblari, asarlari Allohning fazli bilan yosh avlodga ham yetib bordi.

Bugun shayx hazratlarining qalamiga mansub «Ibratli hayot yo‘llari», «Umrini ilmga bag‘ishlagan zot» «Kitobga oshnolikning mukofoti» kabi mavzularda jamlangan ma’lumotlar, alhamdulillah, maktab darsligiga ham kiritilganini ko‘rib, bag‘oyat xursand bo‘lasan kishi.

Imom Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: «Solihlar zikr qilingan joyga rahmat yog‘iladi», deganlar. Chunki solihlarning hayoti, fazilati, qilgan solih amallari zikr qilinsa, ularga o‘xshashga rag‘bat ortadi va xayrli ishlarga targ‘ib bo‘ladi. Insonda yaxshilikka intilishga muhabbat paydo bo‘ladi.

Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayot yo‘llari, shoyadki, yurtimiz musulmonlari, yosh avlod uchun ibrat, o‘rnak manbai bo‘lib xizmat qilsa!

Alloh taolo bu ishga sababchi bo‘lganlarga ikki dunyo saodatini bersin, mansab-martabalarini ko‘tarsin, aziz qilsin!

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat