21:11 / 07.09.2022
4 734

Maryam Tillayeva: «Bobomning joni uzilganida ular yotgan xonaga kirgan paytim bir holat ko‘z o‘ngimda qolib ketgan»

Maryam Tillayeva: «Bobomning joni uzilganida ular yotgan xonaga kirgan paytim bir holat ko‘z o‘ngimda qolib ketgan»
Instabloger Maryam Tillayeva «Famitime TV» YouTube kanaliga bergan intervyusida bobosi bilan bog‘liq xotiralari, ota-onasi bilan munosabatlari, ularning AQSHdagi hayoti, prezident oilasida tarbiya olgan vaqtda unga qanday cheklovlar qo‘yilgani haqida gapirib berdi.

Maryam Tillayeva ota-onasi va bobosi bilan bog‘liq xotiralari haqida

«Ham otasi, ham onasi ishlaydigan farzandning ko‘plab imkoniyatlari bo‘ladi: qo‘shimcha darslarga boradi va boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. Men ota-onamga barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Do‘stlarim bilan to‘rtta tilda har qanday mavzuda gaplasha olaman. Avvalari ota-onamga menga yetarlicha mehr bera olmagandek tuyular edi, aslida ular mening kelajagim uchun harakat qilgan ekan, buni endi tushunyapman.

Yoshligimizda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mumkin emas edi, bu esa hayotda bizni himoyalash uchun kerak ekan. Men esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni istar edim. Ota-onam bilan munosabatlarimiz yaxshi bo‘lgan, dadam har doim mening voleybol va tennisdagi o‘yinlarimga borgan. Onam Jenevada YUNЕSKO elchisi edi, oramizda nimadir yetishmagandek tuyular edi. Masalan, men hozir 23 yoshdaman, onam 21 yoshda qanday qilib menga qaraganini tasavvur qila olmayman
.

Foto: Instagram /@mashatilly
10 yoshimgacha Toshkenda yashaganmiz, keyin oilaviy Latviyaga ko‘chib o‘tganmiz. Undan keyin Parij, Shveysariya va AQSHga ko‘chib o‘tganmiz, bir joyda 3 yoki 1 yil yashaganmiz. Ota-onam bilan bog‘ga, sport mashg‘ulotlariga borganman, bobom bilan bog‘liq yaxshi xotiralar bor. Bobom bilan har yozda ko‘rishar edim, meni suyukli nevarasi deb bilar edi. Ular o‘z vaqtida onamga ajrata olmagan vaqtini menga bag‘ishlardilar. Men tug‘ilganimda o‘ziga otalik rolini olgandek bo‘lgan. Bobom menga tennis o‘ynashni, suzishni o‘rgatgan, hatto ilk marta mashina ruliga o‘tirganimda ham ular yonimda edilar», — deydi Maryam Tillayeva.

Foto: Instagram /@mashatilly
Prezident oilasida katta bo‘lgan paytidagi cheklovlar haqida

«Hamma sendan biror narsani xohlaydi, shuning uchun odamlarga qattiq ishonmaslikni, qalb eshiklarini ochmaslikni, hech narsani aytmaslikni tayinlashar edi. Kechasi hech qayerga bormaslik kerak edi.

Do‘stlarimning hammasini uyga olib kela olmaganman, ota-onam ularni tekshirishi kerak edi. Yaqinda bir do‘stimni ko‘rib qoldim, Shveysariyada qo‘shnimiz bo‘lgan, u bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Yoshligimda faqat maktabga va tennisga borardim, atrofimda ham o‘qituvchim, qo‘riqchilar, trenerlarim bo‘lar edi
», — deydi Maryam.

Maryam Tillayeva xolasi Gulnora Karimova haqida

«Kattalarning o‘zaro kelishmovchiliklari tufayli xolavachcham Imon bilan uzoq yillar gaplasha olmaganimdan afsuslanaman. Yaxshiki, hozir ota-onam u bilan gaplashishimga to‘sqinlik qilmaydi. Umuman olganda, kattalar o‘z muammolariga yosh bolalarni aralashtirishi unchalik to‘g‘ri emas, deb o‘ylayman. Xolam va uning qizi Imondan xavotirdaman. Imon bir necha yildan beri onasi bilan gaplasha olmaydi, men buning qanchalik qiyin ekanligini his etaman. Ular juda kuchli, hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaman», — deydi instabloger.

Instabloger ota-onasining AQSHdagi hayoti to‘g‘risida

«Onam 22 yoshda bo‘lganida qo‘ng‘izni eslatuvchi Volkswagen mashinasi bo‘lgan. Onam rasm chizishni yaxshi ko‘radi, qaysidir ma’noda men unga o‘xshayman. Onam meni dunyoga keltirgandan keyin Londondagi o‘qishini to‘xtatgan. Balki shuning uchun meni har doim oldinga intilishga undagandir, buning uchun unga rahmat aytaman. Onamning u yerda o‘qishini hech kim xohlamagan, u yozda Yevropaga borib shu yerga o‘qishni istagan, ota-onasi qarshi bo‘lgan bo‘lsa ham borgan.

Otam onam bilan o‘sha yerda tanishgan, qachon o‘qishni to‘xtatgani esimda yo‘q. Ular bizga yoshligida qanday hayot kechirishni istagan bo‘lsa shuni yaratishga harakat qilgan. Bizning kasbimizga qarshi bormagan, kosmonavt, o‘qituvchi, bloger bo‘lsak ham qarshilik bildirmasligini aytgan
», — deydi Maryam Tillayeva.

Foto: Instagram /@mashatilly
Instabloger O‘zbekistonga kelishining sababi to‘g‘risida

«Toshkentga yarim yil oldin bordim, undan oldin esa 2016 yilda borgan edim, bobom vafot etganidan keyin bormaganman. Uning so‘nggi kunlarida buvim, oyim va men yonlarida bo‘lganmiz. Otam o‘shanda ukam hamda singlim bilan Los-Anjelesda qolgandi. Bobomning o‘limidan so‘ng bir holat ko‘z o‘ngimda qolib ketgan. Shifokor uning yuragi urishdan to‘xtaganini aytganida, hammamiz u yotgan xonaga yugurganmiz. Zinadan tushib borar ekanmiz, sarosimadan buvim va onamning oyoqlaridagi shippaklar otilib ketgan. Men o‘shanda xonaga kirganimda bobomning yonida uzoq yillar birga bo‘lgan kuchli, kap-katta, baquvvat erkaklar yurakdan yig‘layotganini ko‘rganman. Bu holat meni qattiq ta’sirlantirgan. Shundan so‘ng men O‘zbekistonga qaytmadim. Bobom bilan o‘rtamizda juda katta rishta bor edi», — deydi Maryam.

Maryam Tillayeva1, Gulnora Karimova1, Imon1, Islom Karimov1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maryam Tillayeva: «Bobomning joni uzilganida ular yotgan xonaga kirgan paytim bir holat ko‘z o‘ngimda qolib ketgan»