
Oliy sud Markaziy mahkamasining turli lavozimlarida ishlovchi 21 nafar xodimi vazifalaridan ozod etilib, ularning ayrimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan, ayrimlari quyi sudlarga tushirilgan.
Kun.uz manbasi so‘zlariga ko‘ra, Oliy sud Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasining barcha xodimlari yoppasiga ishdan chetlatilgan. Boshqarma tarkibi to‘liq yangilangani aytilmoqda.
Tegishli hay’at sudyalar bo‘yicha ham rokirovkalar amalga oshirilmoqda.
Oliy sudning uch nafar sudyasining ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizalari olingan (ism-shariflari haqida ma’lumotlar tahririyatda bor). Ular Senat kengashi yig‘ilishi tasdig‘iga kiritilishi kutilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida ko‘plab boshqarma boshliqlari ham o‘zgarishi mumkin. Ushbu kadrlar almashinuvi Oliy sud raisi o‘zgarishi ortidan yuz bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident administratsiyasining yangi rahbari Sardor Umrzoqov Oliy sud yangi raisini jamoaga tanishtiruv jarayonida sud organlariga nisbatan aholi e’tirozlari haddan ziyod ko‘payib ketganini aytgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar