date

Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossif Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2016 yil 25-26 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasida bo‘ladi.

Mazkur tashrif davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadi.

O‘tkaziladigan muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi