2 411
Qashqadaryolik 2,5 yoshli Afruzbek bog‘chadan poyezd yo‘liga qanday kelib qolgandi? (video)
Joriy yilning 12 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Qarshi-Maroqand temir yo‘l yo‘nalishida qatnovchi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi 2,5 yoshli bolani bosib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Rasmiy ma’lumotlarda 2022 yil 9 sentabr kuni sodir bo‘lgani aytilgan mazkur voqea tafsilotlari ma’lum qilindi. Unda aytilishicha, voqea kuni o‘sha kuni soat 15:30 larda sodir bo‘lgan. Bola poyezd urib ketishidan 15 daqiqa avval ham tarbiyachining oldida bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, bolakayning mahalliy DXSH asosidagi Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga keltirilganiga 2 kungina bo‘lgan.
Bolakayning buvisi nabirasidan xabar olish maqsadida o‘sha kuni soat 12:00 larda bog‘cha tarbiyachisiga qo‘ng‘iroq qilgan va tarbiyachi unga bolaning yonida ekanini, o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan.
– Qizim farzandini olib kelganida, mayli qolsin, o‘zimning bolamday qarayman, deb olib qolgan. O‘sha kuni soat 12:00 larda ham telefon qilgan, bolam injiqlik qilmayaptimi, deb. Tarbiyachi soat 15:15larda ham oldimda edi, deyapti. Soat 15:30da esa bu voqea sodir bo‘lgan. 15 daqiqaning ichda 2,5 yashar bola voqea joyiga qanday yetib borganiga hayronmiz, – deydi bolaning buvisi Mahbuba Sharipova.
Tarbiyachi esa o‘z ko‘rsatmasida bolaning derazadan oshib, 5 daqiqa ichida yo‘qolib qolganini va uni qidirganini aytgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur oilaviy bolalar bog‘chasining ayni paytda faoliyati to‘xtatilgani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik"
Eron yaqin kunlarda Isroilga «halokatli zarbalar» bermoqchi
Xitoy tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Putinning maslahatchisi yadro qurolini “Xudoning tuhfasi” deb atab, undan foydalanishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga 5,5 mlrd dollarlik qurol yetkazib bergani aytilmoqda
Qodirov harbiy universitetga hujum uchun Ukrainаdan qasos olishga va’da berdi