21:18 / 17.09.2022
1 850

Zominda «Xalq banki» boshqaruvchisi mast xodimini otib qo‘ydi

Zominda «Xalq banki» boshqaruvchisi mast xodimini otib qo‘ydi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi banklardan birining boshqaruvchisi o‘z xodimini otgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 16 sentabr kuni soat 22:30 da Zomin tumani «Taraqqiyot» MFYda yashovchi «Xalq banki» Zomin filiali boshqaruvchisi N.M. yashash xonadoni oldida shu bankning Zomin filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan N.J. bilan o‘zaro tortishib janjallashgan. Oqibatda bank boshqaruvchisi N.M. tan jarohati yetkazish maqsadida sport (tir) qurolidan bir marotaba otib, N.J. ga tan jarohati yetkazgan.

N.J. ko‘krak qafasining chap yon qismi yuza jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat