
Foto: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldin Spark va Damas avtomashinalariga, keyin Paynet shoxobchasiga borib urilgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) September 19, 2022
Qayd etilishicha, 2022 yil 16 sentabr kuni taxminan 18:00 larda Farg‘ona shahar 4R-140A avtomobil yo‘lining 5-kilometrida haydovchi M.M. Nexia-3 avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l chetida to‘xtab turgan Spark va Damas rusumli transport vositalariga borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida transport vositalariga texnik shikast yetgan, tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Farg‘onaNexiaSparkDamasYo‘l-transport HodisasiIjtimoiy Tarmoqlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar