13:41 / 27.09.2022
1 162

Aliment pullari oldindan to‘lab berildi

Aliment pullari oldindan to‘lab berildi
Byuroning Yangiyer shahar bo‘limi ish yurituvida 502 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 378 nafar aliment to‘lovchi qarzdorlarning aliment to‘lovlari ish haqlari hisobidan undiriladi.

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 8 nafar qarzdorlarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-4- moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka, 6 nafar qarzdorlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shu bilan birga, aliment bo‘yicha undirilgan pul mablag‘lari undiruvchilar nomiga ochilgan bank plastik kartalari orqali o‘tkazilishi nazoratga olinib, joriy yilning 9 oyi mobaynida 1 mlrd. 650 mln. so‘m aliment to‘lovlari undiruvchilarning bank plastik kartalariga undirib berilgan. Bundan tashqari, majburiy ijro harakatlari jarayonida naqd pul shaklida 1 mlrd. 800 mln. so‘m pul mablag‘lari undiruvchilarga tilxat asosida undirilishi ta’minlangan.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 04.07.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor R.X.dan undiruvchi J.X.ning foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan huquqiy tushuntirish ishlari natijasida qarzdor R.X. farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar hisoblangan 56,0 mln. so‘m aliment to‘lovlarini o‘z xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq to‘lab berdi.
Bu kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin, zero har bir fuqaro, xatto voyaga yetmagan bolalar ham qonun himoyasidadir.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat