20:43 / 28.09.2022
1 168

Kredit qarzi sabab “Lacetti” boy berildi

Kredit qarzi sabab “Lacetti” boy berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 18.11.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor O.Djamolidinovdan CHEKI “Hamkorbank” ATB Chinobod filiali foydasiga jami 85 987 004 so‘m qarzdorlik va 18 900 so‘m pochta xarajati undirish belgilangan.

Byuroning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi ro‘yxatga olinib, xatlangan.

Belgilangan ixtiyoriy muddatlarda kredit qarzi to‘lanmagach, xatlangan avtomashina 12.08.2022 yilda elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida 120 000 000 so‘m boshlang‘ich narx bilan sotish uchun chiqarilgan.

Avtomashina sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari xisobidan CHEKI «Xamkorbank» ATB Chinobod filiali foydasiga jami 85 987 004 so‘m qarzdorlik va 18 900 so‘m pochta xarajati to‘liq qoplandi.

Byuroning Ulug‘nor tuman bo‘limi
davlat ijrochisi Sherzod Mamutaliyev

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat