14:30 / 02.10.2022
1 459

Mubashshir Ahmad: «Haj — farzi ayndir, ammo... »

Mubashshir Ahmad: «Haj — farzi ayndir, ammo... »
Yusuf Qarazoviy rahimahullohning taxmin qilishlaricha, haj mavsumida birinchi marta hajga borayotganlarning soni 15% atrofida bo‘lar ekan. Masalan, mavsumda o‘rtacha 2 million odam haj amallarini bajarsa, shularning uch yuz mingi zimmasida haj farz bo‘lganlar bo‘lsa, qolgan million yetti yuz ming hoji hajni nafl o‘laroq bajarar ekan. Agar bu nisbatni mubolag‘a deganimizda ham hojilarning hatto yarmi ham bu xususda, ya’ni nafl o‘laroq haj qilishda ko‘p sanaladi.

O‘rni kelganda millatdosh hojilarimizga mavzu yuzasidan aytmoqchi bo‘lgan gaplarim bor:

1. Haj dinning besh ustunidan biri, har bir qodir musulmonga zimmasidagi farzi ayndir. Yo‘lga qodir bo‘lishi bilan musulmon kishi haj ibodatini kechiktirmasligi kerak. Ayniqsa hozir bizda haj kvotalari oshirilib, boy odamga yo‘l tufayli uzr qolmaganda, islomning ustunlaridan biri bo‘lgan bu ibodatni kechiktirish gunohdir.

2. Farz bo‘lgan hajni bajarib zimmasidan soqit qilgan musulmonga keyingi qilayotgan haj ibodatlari farz bo‘lmaydi, balki bajarsa savob beriladigan, bajarmasa gunohkor bo‘lmaydigan - mustahab amalga aylanadi. Bu mustahab bo‘lgan nafl hajlar o‘rniga ularga sarflanadigan mablag‘ni ilm yo‘lida, islomga xizmat qilish vositalariga (tv-radio, ommaviy axborot vositalari, kitoblar nashri, madrasa talabalari, olimlar tirikchiligi kabi) sarflansa afzal bo‘ladi. Chunki bular hozir har musulmon zimmasida farzga aylangan ishlardir.

3. Haj pulini transformator yoki mahallaning asfaltiga sarflash kerak, degan gaplar anchayin noo‘rin. Sababi:

a) Ado etilayotgan haj farz bo‘lsa, hajdan qolishni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

b) Yuqoridagi yo‘l, maktab qurish kabi ishlar davlat va hukumatning vazifasi. Bularga davlat g‘aznasidan pul ajratiladi.

v) Nafl haj ham ibodat, agar unga bormay pulini xayriya yo‘lida ishlataman, desa, yuqorida aytganlarim ilm va din xizmati yo‘lida sarflash o‘rinli bo‘ladi. Chunki tekis yo‘lda yurish farz emas, ammo ilm olish va din xizmatida bo‘lish bugunda har bir musulmonga farzi ayn bo‘lgan amallardir.

Men bu o‘rinda islomda ibodat bo‘lgan amallar haqida fikr yuritdim. Ibodat qilish kerakligiga iymon keltirmagan kishilar bahslashib o‘tirmasalar. Chunki bu masalalar ularga taalluqli emas.

Ustoz Mubashshir Ahmad

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat