
Byuroning Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga, fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 06.05.2022 yildagi undiruvchi I.Matyakubovni, 2021 yil12 apreldan boshlab Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligining o‘rmon xo‘jaligi muhandisi lavozimiga ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati 11.06.2022 yilda kuni kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor Beruniy o‘rmon xo‘jaligiga undiruvchi I.Matyakubovni 2021 yil 12 apreldan boshlab Beruniy tumani davlat o‘rmon xo‘jaligining muhandisi lavozimiga ishga tiklash bo‘yicha talabnoma yuborilib, ushbu talabnomaga asosan undiruvchi I.Matyakubov o‘z lavozimiga (muhandis) 06.07.2022 yildagi buyruqga asosan, 2021 yil 12 apreldan boshlab qayta ishga tiklangan.
Shu sababli, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”giQonunining 41-modda, 1-bandiga asoosan amalda ijro etilib tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar