date

Moskvalik o‘quvchi qiz aviachiptasiz Sankt-Peterburgga uchdi

Moskvalik o‘quvchi qiz aviachiptasiz Sankt-Peterburgga uchdi

Moskvada 11 yoshli qizcha qarshiliksiz Vnukovo aeroporti xavfsizlik tizimidan o‘tib, hech qanday hujjatsiz Sankt-Peterburg shahriga uchib borgan. Shu voqea munosabati bilan yaqin kunlarda nazorat tashkilotlari aeroportni tekshiruvdan o‘tkazadi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.

Peterburgning Pulkovo aeroporti xodimlari hamkasblarining o‘z ishlariga sovuqqonlik bilan qaraganligi tufayli ularni va “Rossiya” aviakompaniyasi xodimlarini tekshirishni talab qilishdi. Qizcha aynan shu aviakompaniya samolyoti bortiga chiqqan.

Qizcha barcha nazorat punktlaridan qarshiliksiz o‘tib kelgan, u xavfsizlik xizmati xodimlarini shubhalantirmagan. Bir guruh to‘planib turgan olomon orasida bemalol samolyotgacha etib kelgan. Qizchani hech kim tekshiruvdan o‘tkazmagan. Uning aytishicha, “Shunchaki Sankt-Peterburgni aylanib kelmoqchi” bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvalik o‘quvchi qiz aviachiptasiz Sankt-Peterburgga uchdi