Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,9 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘izistonga borishgan bo‘lib, to‘qqiz oyda bu yerga 1,8 mln nafar o‘zbekistonlik tashrif buyurgan.
Undan keyingi kuchli uchtalikni Qozog‘iston (774,1 ming), hamda Tojikiston (535,1 ming) va Turkiyaga (239,1 ming) egalladi.
Shuningdek ular quyidagi davlatlarga ham sayohat qilgan:
- Rossiya — 95,7 ming nafar;
- BAA — 85,0 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 51,2 ming nafar;
- Misr — 29,6 ming nafar;
- Janubiy Koreya — 16,8 ming nafar;
- AQSH — 12,6 ming nafar;
- Hindiston — 7,7 ming nafar;
- Gruziya — 7,5 ming nafar.
«AllTrip» onlayn chipta xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonliklar yozda ko‘proq ichki turizmni ma’qul ko‘rgan.
Spot’ning yozishicha, yo‘lovchilar eng ko‘p «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasini tanladilar, bu sotilgan umumiy chiptalarning 83,99 foizini tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda «Turkish Airlines» (11,71 foiz), «Aeroflot» (1,33 foiz) aviakompaniyalari tanlangan.
Shu bilan birga, o‘tgan yozda «Uzbekistan Airways»ning o‘rtacha chipta narxi 2,2 mln so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, «Turkish Airlines»da 9,3 mln so‘m, «Aeroflot»da esa 6,8 mln so‘m. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Pentagon mayori AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Prezident Mirziyoyev Osiyo xotin-qizlari forumi qatnashchilariga tabrik yo‘lladi
Yaponlarning yaxshi odati