
Videodan skrinshot
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida oʻqituvchisning kaltaklagan oʻquvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi. Bu haqda Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchisi oʻqituvchsini kaltaklagani aks etgan video tarqalgan edi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur voqea 19 sentyabr kuni Kosonsoy tumanidagi 29-sonli maktabda sodir etilgan.
Fizika fani oʻqituvchisi dars oʻtayotganda oʻquvchi oʻqituvchining dars oʻtishiga xalaqit bergan. Shunda oʻqituvchi oʻquvchini darsdan chiqarib, maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosariga suhbatlashish uchun topshirgan. Bir muncha vaqt oʻtgandan soʻng oʻquvchi sinf xonasiga qaytib kirgan va videoda aks etgani kabi oʻqituvchiga tashlangan. Sinfdagi boshqa oʻquvchilar ularni ajratishga harakat qilishgan.
Holat yuzasidan tuman IIB boʻlimi va tuman xalq ta'limi boʻlimi xodimlari maktabda oʻrganish olib borgan va tegishli tartibda oʻquvchining ota-onasi Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Ma'lumot uchun: Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga 1-qismiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga etmagan bolalarning ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (300 ming soʻm)dan besh baravari (1 million 500 ming soʻm)gacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar