23:01 / 07.10.2022
925

Qibrayda deyarli 2,8 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi

Qibrayda deyarli 2,8 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi
Majburiy ijro byurosining Qibray tuman bo‘limi ish yurituviga yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSIning qaroriga asosan qarzdor “Toshkent Issiqlik Elektr Stansiyasi” AJdan undiruvchi Davlat soliq qo‘mitasi foydasiga jami 2 mlrd. 767 mln. 962 ming so‘m soliq qarz undirish to‘g‘risidagi ijro xujjat kelib tushgan bo‘lib, shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor “Toshkent Issiqlik Elektr Stansiyasi” AJning hisob raqamlari aniqlanib, hisob raqamlariga elektron band solingan va inkasso topshiriqnomalari yuborilgan hamda “O‘zsanotqurilishbank” Bosh ofisi “Kartoteka-2”ga olinganligi ma’lum qilingan.

Qarzdor “Toshkent Issiqlik Elektr Stansiyasi” AJga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk hamda avto mashinalarga qazdorlik hisobiga band solingan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida Byuroning Qibray tuman bo‘limi xodimlari tomonidan jami 2 mlrd. 767 mln. 962 ming so‘m soliq qarzi to‘liq undirilib ijro hujjati ijrosi taminlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda deyarli 2,8 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi