
Aliment to‘lovlari uchun mas’uliyatini his qilgan otalar tomonidan avtomashina yoki uy-joylarning berilayotganligi haqida Majburiy ijro byurosining rasmiy sahifalarida ko‘p bora ma’lum qilinmoqda.
Xo‘jayli tumanida yashovchi ota ham farzandlariga aliment o‘rniga uy hadya etishni afzal ko‘rdi.
Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 12.04.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor K.A.dan undiruvchi S.Tlemuratovaning foydasiga, uning tarbiyasidagi uch nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi daromadining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati, 14.04.2022 yilda Byuroning Xo‘jayli tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Ijro xarakatlari davomida, karzdor K.A. tomonidan aliment pullari har oyda uzluksiz to‘lanib kelingan. Lekin, joriy yilning sentyabr oyida karzdor K.A, farzandlarining moddiy ta’minoti uchun, o‘ziga tegishli bo‘lgan 4 xonali uyini undiruvchi S.T.ga o‘tkazib berish istagini bildirgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ko‘rsatilgan huquqiy-amaliy yordamlardan keyin, alimentchi ota mazkur uyni sobiq turmush o‘rtog‘ining nomiga rasmiylashtirib berdi.
Shu bilan, mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar