13:22 / 11.10.2022
1 040

413 mln. so‘m mablag‘ aliment uchun oldindan berildi

413 mln. so‘m mablag‘ aliment uchun oldindan berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 28.08.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor I.Qurbonovdan undiruvchi F.Nurullayeva foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro ishi davlat ijrochisi M.Xudoyberganov ish yurituviga berilgan bo‘lib ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari qolaversa targ‘ibot ishlari natijasida tomonlar o‘zaro kelishib, farzandi voyaga yetguniga qadar 413 mln. 168 ming so‘m aliment pullari undiruvchi foydasiga naqd ko‘rinishda undirib berildi.

Yuqoridagilarga ko‘ra ijro hujjati undiruvchining tilxati va murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat