date

Xitoyda pandani o‘ldirgan shaxs 13 yilga qamaldi

Xitoyda pandani o‘ldirgan shaxs 13 yilga qamaldi

Xitoy janubidagi Yunnan viloyati sudi katta panda o‘limiga aloqador 9 kishiga 1 yildan 13 yilgacha qamoq jazolari tayinlashni nazarda tutadigan hukmni e’lon qildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.

Bu qaror Shuyfu uezdi sudi tomonidan chiqarilgan. Xabar qilinishicha, panda o‘ldirilgach, u qismlarga ajratilib sotib yuborilgan.

Chjaotun shahri fuqarosi Van Venlin 13 yilga qamalgan. U 2014 yilning oxirida jonivorni o‘ldirgani isbotlangan. Uning akasi Van Vensay jonivorni bo‘laklab sotganlikda ayblanib, 11 yilga qamalgan. Shuningdek, ularga 1,5 ming dollardan jarima qo‘llangan.

Bu ishga aloqador yana bir shaxsga esa jonivor qismlarini sotishda Van Vensay bilan hamkorlik qilgani uchun 4 yil berilgan. Qolgan ayblanuvchilarga tayinlangan jazo muhlatlari haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Vanning aytishicha, u 2014 yilning dekabrida o‘z qo‘ylariga hujum qilgan pandani tasodifan otib qo‘ygan. U bu ishni qasddan qilmaganini aytgan.

Katta panda noyob jonivor hisoblanib, bunday pandalardan dunyoda atigi 2 mingga yaqini qolgan. Yunan viloyatida esa bu turga mansub jonzotni oxirgi yuz yilda deyarli uchratishmagan edi, deyiladi "Kun" nashrida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda pandani o‘ldirgan shaxs 13 yilga qamaldi