
Ma’lum bo‘lishicha, 24.06.2022 yilda haydovchi R.S. “Isuzu” rusumli avtomashinasida G‘allaorol tumanida harakatlanib ketayotgan vaqtda “Yo‘l harakati qoidalari”ning 77-bandi talablariga rioya qilmasdan, haydovchi U.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobiliga urilgan va to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Shu sababli, jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudi tomonidan R.S. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 133-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan hamda huquqbuzar R.S.dan yetkazilgan moddiy zarar 22 042 000 so‘m jabrlanuvchi U.X. foydasiga undirilishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Urganch tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida javobgarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida javobgar shaxsdan yuqorida ko‘rsatilgan jami 22 042 000 so‘m zarar pullari to‘liq undirilib, da’vogar shaxsga topshirilishi ta’minlandi hamda javobgarga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilinib, ijro ishi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar