13:20 / 20.10.2022
969

DXX Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etdi

DXX Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etdi
Foto: DXX
2022 yilning 19 oktabr kuni Toshkent shahrida «Afg‘oniston: mintaqaviy bog‘liqlik, xavfsizlik va rivojlanish» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida oliy darajada o‘tkazilgan «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» mavzusidagi xalqaro konferensiya mantiqiy davomi bo‘lib, u tomonlarning Afg‘oniston rivojlanishi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi fikrlari mushtarak ekanligini tasdiqladi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etildi.

Toshkent uchrashuvida Afg‘oniston, Pokiston, Eron, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston xavfsizlik organlari va razvedkaviy xizmatlari delegatsiyalari ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilariga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik xatini O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi - spichrayter Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Xalqaro anjuman yakunida ishtirokchi davlatlar vakillari tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha yo‘nalishlar va aniq vazifalar belgilab olindi, shuningdek, global hamda mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan terrorizmga qarshi birgalikda qat’iy kurashishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat