
“Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi mazmun-mohiyati sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Qonun loyihasibilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi mazmunni ochib berish uchun o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
- ishlar ko‘rilishi o‘ta markazlashtirilishiga barham berish, fuqarolar olis hududlardan sudga kelib sarson bo‘lishi oldini olish maqsadida viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rish bosqichlari joriy etilmoqda;
- Oliy sudda ishlarni taftish tartibida va Oliy sud rayosatida qayta ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilmoqda;
- yuqori instansiya sudlari tomonidan quyi instansiya sudlari qarorini bekor qilgan holda yangidan ko‘rish uchun yana quyi sudga yuborish tartibi bekor qilinmoqda, har bir sud instansiyasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish majburiyati yuklanmoqda (Oliy sud taftish instansiyasidan tashqari);
- apellyatsiya va kassatsiya tartiblari qonun loyihasi mazmun-mohiyatidan kelib chiqib isloh etilmoqda. Shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqadigan sudlar, shikoyatni (protestni) berish muddatlari, shikoyat (protest) berish huquqi va shu kabi boshqa o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda;
- sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritilishi munosabati bilan kodeksga taftish instansiyasida ish yuritishni batafsil yoritib beruvchi yangi bob kiritilmoqda.
Qonun loyihasi mazmunidan kelib chiqib, boshqa o‘zgartish va qo‘shimchalar ham kiritilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar