date
views 1 296

Maktab o‘quvchisi Telegram’da soxta avtokredit guruhi ochib, fuqaroning pulini o‘zlashtirdi

Maktab o‘quvchisi Telegram’da soxta avtokredit guruhi ochib, fuqaroning pulini o‘zlashtirdi
IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Z.J. IIB organlariga ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali pullarini o‘zlashtirgan shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

U arizasida, Telegram’dagi “Avtokredit bosh to‘lovsiz” guruhiga a’zo bo‘lgani, o‘zini guruh admini deb tanishtirgan shaxs uning ishonchiga kirib, 3 yil muddatga 90 mln so‘mga 16 foizdan "Neksiya 3" mashinasini olib berishini va’da qilganini, shundan so‘ng kelishuv asosida boshlang‘ich 2 mln 180 ming so‘m pulni qo‘lga kiritgach, telegram messenjeridagi yozishmalarini o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan 10-sinf maktab o‘quvchisi M.D. ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab o‘quvchisi Telegram’da soxta avtokredit guruhi ochib, fuqaroning pulini o‘zlashtirdi