date

Qashqadaryoda Nexia-3 mashinasida xavfli manyovrlar qilgan haydovchi jarimaga tortildi (video)

Qashqadaryoda Nexia-3 mashinasida xavfli manyovrlar qilgan haydovchi jarimaga tortildi (video)
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida bir nechta avtomashinalar yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda xavfli manyovrlar qilgani aks etgan video tarqalgandi. «Nafasnews»ning ma’lum qilishicha, xavfli qoidabuzarliklar qilgan Nexia-3 haydovchisi qilmishidan pushaymonligini aytib, murojaat yo‘lladi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB o‘rganish ishlarini olib borgan. Haydovchining shaxsi aniqlangach, u bilan suhbat olib borilgan. Yigit do‘stining to‘yiga borgani, yoshlik qilib, xatoga yo‘l qo‘ygani va ishidan pushaymon ekanini bildirdi.


Qoidabuzar haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5-moddasi bilan ma’muriy bayyonoma tuzilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (3 million so‘m) miqdorida jarima solindi va avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda Nexia-3 mashinasida xavfli manyovrlar qilgan haydovchi jarimaga tortildi (video)