Muvaffaqiyatli insonlar yakshanba kuni nima bilan shug‘ullanishadi

Ko‘pchilik yakshanba oqshomini yoqtirmaydi. Tadqiqotlarga qaraganda, dushanbadan oldingi holat asabni buzadi.
Hattoki sizga ishingiz yoqsa ham yakshanba kuni kechqurun dushanbada sizni nimalar kutishi mumkinligini o‘ylab ozgina tashvishlanasiz.
Ekspertlarning aytishlaricha, muvaffaqiyatga erishgan insonlar o‘zlarini yangi haftaga tayyorlashar ekan. Ular yakshanba oqshomini qanday o‘tkazishadi? Buni quyida bilib olasiz.
1. Ular vaqtlarini oilasi va do‘stlari davrasida o‘tkazishadi

Omadli kishilar hafta davomida oilasi uchun vaqt kam bo‘lishini bilishadi va shuning uchun yakshanbani yaqinlari davrasida o‘tkazishadi.
2. Ular oqshom uchun reja tuzishadi

«Bu eng yaxshi maslahat. Siz kelayotgan dushanbani emas, rejadagi oqshomingizni sabrsizlik bilan kutasiz», — deb yozadi pishet Laura Vanderkam o‘zining «Omadli insonlar yakshanba kuni nima qilishadi» nomli kitobida.
3. Ular haftalik ishlarini rejalashtirishadi

Yakshanba kuni ayrim omadli kishilar kundaliklarini ko‘rib chiqishadi, o‘z maqsadlarini yozishadi va kelayotgan hafta uchun reja tuzishadi.
4. Ular sport bilan shug‘ullanishadi

Vanderkamning yozishicha, realiti-shou prodyuseri Aliza Rouzen yakshanba kunlari kechki payt yoga bilan shug‘ullanadi. «Bu hafta davomida yig‘ilib qolgan charchoqni chiqarish va dushanbaga tayyorlanishning ajoyib yo‘li», — deydi u Vanderkamga.
Siz ham yakshanba kuni tennis yoki futbol o‘ynang.
5. Ular to‘g‘ri ovqatlanishadi

Urban Balance direktori Joys Marter o‘z maqolasida alkogol tushkunlik keltirib chiqarishini va dushanba kuni kishi o‘zini lanj his qilishini ta’kidlaydi.
«Yaxshisi, shirin taom tayyorlang va shifobaxsh damlamali choy iching», — deb yozadi u.
6. Ular kitob o‘qishadi

Aksariyat muvaffaqiyatli kishilar uxlash oldidan kitob o‘qishadi, yakshanba oqshomida kitob o‘qish esa ular uchun odatga aylangan.
7. Ular qo‘ng‘iroq qilishadi va xatlarga javob berishadi

Aynan yakshanba oqshomida xotirjamlik bilan do‘stlarimiz yoki uzoqdagi oila a’zolarimiz bilan qo‘ng‘iroqlashishimiz yoki ularning xatlariga javob yozishimiz mumkin.
8. Ular ishni unutishadi

Muvaffaqiyatga erishgan insonlar yakshanba kuni yotishdan oldin ishlashmaydi. Ular ish haqida umuman o‘ylamaslikka harakat qilishadi.
9. Ular xayriya ishlarida ishtirok etishadi

«Yakshanbani unumli o‘tkazishning yana bir yo‘li xayriya ishlarida qatnashishdir, — deb yozadi Vanderkam. — Kam ta’minlangan kishilarga yordam ko‘rsatish xayrlidir. O‘zingizni boshqalar bilan hamdamlikda his etasiz, zero dushanbadan boshlab hamma yana o‘z yo‘lida davom etadi».
10. Ular yakshanbani ko‘tarinki kayfiyatda yakunlashadi

«O‘zingizni qanday his qilishingizdan qat’i nazar dushanba baribir keladi, shuning uchun yakshanbani quvnoq kayfiyatda yakunlang», — deydi tashkiliy psixologiya bo‘yicha fan nomzodi Maykl Vudvort. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing