1 236
Kuz-qish mavsumida aholiga 10 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berilishi belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 oktabr kuni kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Joriy yil 23 sentyabrda bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan. Har bir viloyat, tuman va yo‘nalishlar kesimida alohida reja-jadvallar va chora-tadbirlar ishlab chiqilib, manbalari belgilangan edi.
Yig‘ilishda energetika vaziri va viloyat hokimlari shu borada bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.
Qayd etilishicha, aholini, avvalo, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun IV chorakda 21 milliard kilovatt soat, kelgusi yil boshida qariyb 22 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, kuz-qish mavsumida aholiga 10 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berilishi belgilangan.
Prezident bu jarayonda isrofga yo‘l qo‘ymaslik uchun gaz quduqlaridan iste’molchigacha bo‘lgan tizimni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar