18:15 / 05.11.2022
1 291

Zarafshonda «Matiz» haydovchisi 8 yoshli qizchani urib yubordi

Zarafshonda «Matiz» haydovchisi 8 yoshli qizchani urib yubordi
Kecha 4 noyabr kuni Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida «Matiz» haydovchisi 8 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, kuni kecha Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, Yulduz ko‘chasida haydovchi X.B. «Matiz» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 2014 yilda tug‘ilgan M.M.ni urib yuborgan.

YTH natijasida piyoda M.M.ga Zarafshon shahar shifoxonasida tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ketishiga ruxsat berilgan. Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarafshonda «Matiz» haydovchisi 8 yoshli qizchani urib yubordi