
Prezident yig‘ilishida to‘qimachilikda ikki muhim topshiriq berdi, unga ko‘ra keyingi yilda ichki bozorga qo‘shimcha 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 4,3 milliard dollarga yetkazish topshirildi.
Buning uchun:
- Yevropa, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama, trikotaj mato eksportiga transport xarajatlari 2024 yil 1 yanvargacha 70 foiz qoplab beriladi;
- kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi;
- yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi;
- to‘qimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
- yil yakuniga qadar Turkiya, Eron, Belgiyadan texnologiya va mutaxassislar (dizayner va texnolog) olib kelinadi.
PrezidentTo‘qimachilikIchki BozorEksportYangi MahsulotlarTransport Xarajatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar