date
views 1 906

Prezident qarori bilan ikkita universitet tashkil etildi

Prezident qarori bilan ikkita universitet tashkil etildi
Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

- Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros ob’ektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

Universitetlarda o‘quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.

2023 yil 1 martga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta’lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident qarori bilan ikkita universitet tashkil etildi