928
3 nafar oila yarashtirildi, 3 nafar qarzdor qamalmaslik uchun sud zalida aliment pullarini to‘lab berdi

Sovuq yaqinlashgani sari onalar bolalarining ust-boshi haqida qayg‘ura boshlaydi. Puli bor bo‘lsa hech gap emas, ammo o‘zi hech qayerda ishlamasa, pul keladigan joyi faqat aliment bo‘lsa-yu, shuniyam ololmasa, ota o‘z farzandlari haqida qayg‘urmasa, unda nima qilish kerak?
Byuroning Shaxrisabz tuman bo‘limiga aliment to‘lamayotgan sobiq turmush o‘rtog‘iga qonuniy jazo berilishini so‘rab bir nechta ayollar murojaat qildi. Shunga ko‘ra, 10 noyabr kuni aliment qarzdorligi 5 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan 16 nafar qarzdorlar bo‘limga olib kelindi.
Ulardan 3 nafari tushuntirish orqali oilasi bilan yarashtirildi.
13 nafar qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar MJtKning 47/4 moddasi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shaxrisabz tuman sudiga yuborildi, sudning qaroriga asosan 7 nafar qarzdorga nisbatan ma’muriy qamok jazosi qo‘llanildi hamda 3 nafar qarzdorlar aliment pullarini sud zalida to‘lab berganligi sababli MJtKning 27/1 moddasi bilan ish yurituvdan tugatildi.
Yana 3 nafar qarzdor aliment pullarini qisman to‘laganligi sababli, qolgan qarzdorlikni bartaraf etishlari uchun 5 kun muddat berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar