Biologlar eng mashhur sudralib yuruvchilar reytingini tuzishdi

Jamiyat1 daqiqa o'qish9.2K
Biologlar eng mashhur sudralib yuruvchilar reytingini tuzishdi
Biologlar eng mashhur sudralib yuruvchilar reytingini tuzishdi

Oksford olimlari Wikipedia qidiruv so‘rovlarini tahlil qilgan holda dunyodagi eng «mashhur» sudralib yuruvchi jonivorlar reytingini tuzib chiqishdi. Tadqiqot natijasi Biological Conservation jurnalida chop etildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Tadqiqotchilar 2014 yilda Wikipedia’ning inglizcha sahifalaridagi 55,5 millionga yaqin ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Wikipedia’da 10 002ta turdagi sudralib yuruvchilar haqida ma’lumotlar kiritilgan bo‘lib, tadqiqotchilar internet foydalanuvchilari asosan zaharli, inson uchun xavfli bo‘lgan turlariga qiziqish bildirishini aniqlashdi. Shuningdek, insonlar qidiruv sahifasida bahaybat tanali yoki yo‘qolib ketish xavfida bo‘lgan jonivorlarni qidirishlari ma’lum bo‘ldi.

2014 yil sarhisobiga ko‘ra Wikipedia’da foydalanuvchilarni ko‘proq quyidagi jonivorlar qiziqtirgan: bahaybat indoneziya kaltakesagi, qora mamba, tojli dengiz timsohi, qirollik kobrasi, Arizona kaltakesagi (Heloderma), zaharli suv ilonlari (Gloydius), missisipi alligatori, terisimon toshbaqa, nil timsohi va yana o‘nlab boa bo‘g‘ma ilonlari.

Eng mashhur sudralib yuruvchi hayvon indoneziya kaltakesagi bo‘lib chiqdi — uning Wikipedia’dagi sahifasiga foydalanuvchilar 2 014 932 marta kirishgan. Bu dunyodagi eng katta kaltakesak turi bo‘lib, ba’zilarining uzunligi 3 metr va og‘irligi esa 100 kilogrammdan oshishi mumkin. Ayni damda bu jonzotlar yo‘qolib ketish xavfidagi sudralib yuruvchilardir.

Mazkur tadqiqot natijalari yo‘qolib ketayotgan jonzot turlarini saqlab qolish uchun chora-tadbir ko‘rishda ahamiyatli o‘rin tutishi mumkin. Olimlar o‘z tadqiqotlarini yanada kengaytirib, boshqa turdagi jonivorlar, hattoki o‘simliklarni ham tekshirib chiqishni rejalashtirishdi. Shuningdek, ular Wikipedia’dan tashqari boshqa ma’lumotlarni ham o‘rganib chiqishmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?