18:26 / 15.11.2022
2 855

Toshkentda bloger qiz axloqsiz videolar tarqatgani uchun 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda bloger qiz axloqsiz videolar tarqatgani uchun 5 sutkaga qamaldi
Kollaj: Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda bloger S.S.ning odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi tarqalib, keng muhokamaga sabab bo‘lgandi. Toshkent shahar sudi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 11 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida S.S. (2001 yilda tug‘ilgan)ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra fuqaro N.U.ning Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘iga yozgan arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida S.S. ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan o‘zining ishtirokidagi video va rasmlarni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan joylashtirib, jamoat tartibini buzib, fuqarolarning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘lgan.

Sudning qarori bilan S.S.ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat