17:37 / 16.11.2022
1 406

Er-xotin o‘rtasidagi uy bo‘lindi

Er-xotin o‘rtasidagi uy bo‘lindi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor N.Axmedovadan undiruvchi F.Axmedovning turmushi davrida orttirilgan umumiy mulkidan har birining ulushi 1/2 qismdan belgilangan bo‘lib, F.Axmedovning ulushi 195.390.543 so‘m pul shaklida ajratilishi belgilan qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 21.08.2022 yilda kelib tushgan.

Davlat ijrochisi D.Karimjonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi fuqaroga uy ulushidan 195,3 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik to‘liq undirilib, hozirda ijro hujjati tamomlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat