1 201
Mast holatda boshqarilgan avtoulov uchun 6,7 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarima undirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Arifdjanovdan mast holatda avtotransport vositasini boshqarayetgan paytda YHXB xodimlari tomonidan aniqlanib, ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirilgan.
Mazkur ma’muriy bayennomaga asosan qarzdor fuqaroga nisbatan davlat foydasiga 6.750.000 so‘m ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 28.10.2022 yilda kelib tushgan.
Tuman bo‘limi davlat ijrochisi K.Zotova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Qarzdor fuqaro tomonidan ma’muriy jarrima o‘z vaqtida to‘lanmaganidan so‘ng Byuro organlari tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorlik to‘liq undirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar