
Bugungi kunda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosi Oqoltin tuman bo‘limida fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul shaxslar, qabul vaqti va kunlari aniq ko‘rsatilgan jadvallar ishlab chiqilgan.
2022 yilning o‘tgan davri mobaynida bo‘limga 366 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 325 tasi Byuro xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilib hal qilingan, shundan 235 tasi qanoatlantirilgan, 90 tasiga tushuntirish berilgan. Byuro xodimlari tomonidan 319 nafar shaxs qabul qilingan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida 291 ta subyektning huquqlari tiklangan.
Shuningdek, tumandagi Halq qabulxonasi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, amalda bu hamkorlik o‘z samarasini bermoqda.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Xumo”, “Yangi zamin nashidasi”, “Bunyodbek Nodir dalasi” hamda “Abdulatif hamkor Sherzod” fermer xo‘jaliklarining “APK Oqoltin” unitar korxonasidan o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzini undirish haqidagi murojaatini o‘rganish davomida fermer xo‘jaliklariga 312.4 mln.so‘m pul mablag‘i undirib berilishi ta’minlandi.
Byuroning Oqoltin tuman
bo‘limi davlat ijrochisi
Ma’ruf Balxiyev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring bo‘limi davlat ijrochisi
Ma’ruf Balxiyev

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar