
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 100-moddalarida, ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartligi belgilangan.
Biroq, ayrim otalar borki otalik majburiyatini bajarishdan qochadi.
Majburiy ijro byurosi Rishton tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Rishton tumanlararo sudining 13.01.2022 yilgi qaroriga ko‘ra qarzdor J.S.dan undiruvchi E.M. foydasiga bir nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor M.I. aliment qarzini to‘lashi lozimligi haqida bir necha marta ogoxlantirilgan bo‘lsada, qarzdor yashash manzilini o‘zgartirganligi sababli, 08.08.2022 yilda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Byuronig qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor Farg‘ona shahrida yashayotganligi aniqlanib, topildi va o‘tkazilgan suhbat natijasida 21.11.2022 yil kuni qarzdor J.S. alimentdan bo‘lgan qarzi 6,5 mln. so‘mni to‘liq to‘ladi va qidiruv ishi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar