
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor “Guliston paxta tozalash” AJ hisobidan jami 22 nafar undiruvchilar foydasiga jami 200 000 000 so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisining undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan jami 200 000 000 so‘m ish haqi pullari to‘liq undirilib, undiruvchilarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Shunga ko‘ra, ijro hujjatlari Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.
Ijro harakatlari davomida, 22 ta sud qarorlari ijrosi ta’minlandi va 22 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar