11:11 / 24.11.2022
1 193

Buxoroda katta tezlikda kelayotgan Nexia yo‘l chetidagi bolalarni urib yubordi

Buxoroda katta tezlikda kelayotgan Nexia yo‘l chetidagi bolalarni urib yubordi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Nexia yo‘l chetida kelayotgan bolalarni urib yuborgani, ulardan biri mashina ostida qolgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 23 noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4R-76 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida joylashgan 15-maktab yaqinida yuz bergan. 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.M. Nexia-2 da tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanayotgan vaqtda piyodalar o‘tish joyidan velosipedni yetaklab o‘tayotgan fuqaroning velosipedini urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yuborib, ag‘darilgan.

YTH natijasida piyodalardan biri, 2013 yilda tug‘ilgan U.U. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat