
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijrosi byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashda tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Xususan, joriy yilning 17-24-noyabr kunlari “Dolzarb aliment haftaligi” jami 2,9 mlrd. so‘m aliment qarzdorliklari undirildi. Shuningdek, 36 nafar qidiruvdagi shaxslar topildi. O‘tkazilgan mehnat yarmarkalari orqali 357 nafar aliment to‘lovchilar ishga joylashtirildi va aliment qarzdorligi ularning ish haqiga qaratildi.
Shuningdek, davlat ijrochilari tomonidan qarzdor va undiruvchining qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari hamda Vazirlar Mahkamasining "Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasi tuzish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomi talablari tushuntirib borilmoqda, ushbu bir xaftada 168 ta holatda 980,1 mln. so‘m alimentlar oldindan undirib berildi. Shundan, 1 ta holatda “DAMAS” avtomashinasi, 3 ta holatda ko‘chmas mulklar undirib berildi.
Bundan tashqari, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning ahvoli o‘rganilib, o‘zaro kelishib birga yashayotgan yoki alimentdan voz kechgan holatlar bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida, 451 ta dan ortiq oilalar yarashtirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Xamidullo Turgunbayev
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
Farg‘ona viloyat boshqarmasi
jamoatchilik bilan aloqalar
va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
Farg‘ona viloyat boshqarmasi
jamoatchilik bilan aloqalar
va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar