16:36 / 25.11.2022
1 123

Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan qiz 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan qiz 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Videodan lavha
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 2004 y.t. qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qoladi.

Qayd etilishicha, dastlab u 2021 yilning iyun oyida «Telegram» messenjerida shaxsiy akkaunt ochib, terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan «Abdullox Zufar», «Abdullox Buxoriy», «Sodiq Samarqandiy» va boshqalarning ma’ruzalarini tinglaydi.

«Natijada qizning ongi zaharlanib, ekstremistik tashkilotlarning noqonuniyligini anglagan holda, ularning a’zolari bilan virtual muloqotga kirishadi. Alal-oqibatda Suriyaga borib, u yerdagi «Islom Davlati» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni maqsad qiladi.

Buning uchun u ota-onasidan yashirgan holda, o‘ziga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtiradi hamda tilla ziragini sotib, safar uchun jamadon xarid qiladi va unga kiyim-kechaklarini joylab, tanishining uyiga yashirib qo‘yadi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qizning rejasi amalga oshmasdan, joriy yilning mart oyida u qo‘lga olinadi va jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi
», deyiladi DXX xabarida.

Sud hukmiga ko‘ra, 18 yoshli qiz Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat