
Savol: Xadicha ismli qizalog‘im bor. Hozirda bir yarim yosh. Tug‘ilib tug‘ruqxonadan uyga kelganimizda beri ko‘p yig‘lar edi. Deyarli uch oy tinmasdan har kuni yig‘laydi. Qaynonam “kinna kirgan” deb qarshilik qilishimga qaramay kinna silatib chiqardilar. Yuragi tushgan qo‘rg‘oshin quydirish kerak, yoki boshiga yo‘l tushgan irimini qilish kerak, degan gaplar ko‘payaveryapti. Bu ishlar noshar’iy ekanini bilaman. Shu fikrim to‘g‘rimi?
Javob: Kinna kirishi yoki yuragi tushishi kabi xurofotlar va ularga qilinadigan irim-sirimlar dinimizda yo‘q. Agar ular sig‘inish yoki Allohdan boshqadan madad so‘rash kabi ishlar vositasi amalga oshirilsa qat’iy harom amallarga aylanadi.
Farzandingiz sihhat-salomatligida muammo yuzaga kelsa, shifokorga ko‘rsating. Allohdan shifo so‘rang, ruqya oyatlarini o‘qing. Vallohu a’lam.
Savollarga Ustoz Mubashshir Ahmad javob beradilar.
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar