18:35 / 27.11.2022
1 755

Urganchda er-xotinga tegishli Malibu va Hongqi mashinalari yonib ketdi

Urganchda er-xotinga tegishli Malibu va Hongqi mashinalari yonib ketdi
Foto: Telegram
Urganch shahrida bir nechta mashinalar yonib ketgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Xorazm viloyati FVB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 27 noyabr kuni soat 06:01 larda Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan avtoturargohda Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro E.S.ga tegishli Malibu avtomashinasi motor qismi, ikki old shinasi, qisman salon qismi yongan. Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i M.J ga tegishli Hongqi T55 rusumli avtomashina butkul yongan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruvchilar 06:04 da yetib borgan hamda 06:08 da yong‘in o‘chirilgan.

Ayni paytda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat