
Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor "O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUKdan undiruvchi davlat foydasiga 7 490 978 220 so‘m soliq qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qarzdorga berilgan muddatda yuqoridagi soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.
Shuningdek, bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 09.09.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Hardam baraka” MCHJdan “O‘zsanoatqurilish bank” ATB Mirobod filiali foydasiga 2.645.384,3 ming so‘m qarz undirish va undiruv garovga qo‘yilgan 2 ta ko‘chmas mulk va 2 ta avtotransport vositasiga qaratish to‘grisidagi ijro ishi mavjud.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor tomonidan berilgan muddatda bajarilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib garovdagi mulklar hatlanib auksion savdolariga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar