
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 14.12.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor D.X.dan undiruvchi U.S. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oydagi daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Byuroning Hazorasp tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor D.X.ning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari qonun talablariga ko‘ra vaqtincha cheklab qo‘yilgan edi.
Chetga chiqish istagida bo‘lgan ota 28.10.2022 yilda farzandi voyaga yetgunga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash niyatini bildirib, shu kuni farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan, jami 127.296.000 so‘m aliment pullarini to‘lagan.
To‘langan aliment pullari Byuroning Hazorasp tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan undiruvchi U.S.ning bank plastik karta raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlanib, ijro ishi tamomlandi va qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklov choralari bekor qilindi.
Fuqarolik IshlariBog‘ot TumaniAliment PullariO‘zbekiston RespublikasiIjro HujjatiQarzdor D.X O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar