Farg‘onada DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida narkotik moddalarn noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Yangiliklar» informatsion dasturida xabar berildi.
Xususan, Farg‘ona shahrida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan 44 yoshli fuqaroning uyi atrofi tekshirilganda, yerga ko‘mib qo‘yilgan 21 kilogramm 579 gramm gashish moddasi borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, tojikistonlik narkokurerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan ushbu giyohvandlik vositasini u Toshkent shahri hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sotishni rejalashtirgan.
Mazkur shaxsning jinoiy sherigini aniqlash maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, Farg‘ona—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia Namangan viloyatining Pop tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.
Natijada Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 39 yoshli fuqaro boshqaruvidagi avtomashina yukxonasida 2 kilogramm 816 gramm gashish borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
DXX xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Qo‘qon shahrida yashovchi, 33 yoshli fuqaro xonadonida 4 kilogramm 831 gramm opiy va 995 gramm gashish moddalari topilgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 30, 2022
Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositalari Qo‘qon shahrida yashovchi, 25 yoshli shaxsga tegishli bo‘lib, u Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan va Toshkent shahrida sotish rejalashtirilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona1, Xonadon1, Giyohvand modda1, Narkokurer1 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jizzaxda Cobalt katta tezlikda ikki qizchani urib yubordi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi