
Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand tumanida MCHJlardan biriga tegishli yerning 4 gektarini 55 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ikki nafar fuqaroning Samarqand viloyati IIBga qilgan murojaatiga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, fuqaro M.A. Samarqand tumani Mironqul mahallasi hududidan tuman hokimining qaroriga asosan “A.S.” MCHJga intensiv tokzor barpo etish uchun ajratilgan 21,3 gektar yerdan 4 gektarini 55 ming dollar evaziga sotishga kelishib, shundan 30 ming dollarini olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar