07:56 / 09.12.2022
3 104

Kamoliddin Rabbimov: «Och ayiqdan uzoqroq turish lozim»

Kamoliddin Rabbimov: «Och ayiqdan uzoqroq turish lozim»
Putinning matbuot kotibi Peskov O‘zbekiston tomonining “gaz ittifoqi” borasidagi salbiy fikrlariga quyidagicha raddiya javobini beripti, qisqa ma’nosi quyidagicha: “bu yerda siyosat emas, faqat tijorat va manfaatlar” (To‘liq iqtibos: «Nikto ne vedet rechi o gaze v obmen na politicheskiye usloviya, ob etom i rechi ne idet v kontekste idei sozdaniya etogo soyuza. Rech idet o, yestestvenno, kommercheskoy storone, rech idet o koordinatsii deystviy v interesax gosudarstv, kommercheskix interesov prejde vsego stran-uchastnis, v etom napravlenii rabota prodoljayet vestis», — soobshil Peskov.)

Hamma muammo ham shunda-da. Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan gaz ittifoqi tuzib, o‘zining gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston gaziga aralashtirib, keyin shu aralashgan gazni Xitoyga va boshqalarga sotmoqchi. Maqsad – sanksiyalarni aylanib o‘tish, dunyoga «bu meni gazim emas, qozoqlarni va o‘zbeklarni gazi» deyish. Bu, albatta, Rossiyaning tijoriy va boshqa manfaatlariga to‘g‘ri keladi.

Lekin, bu Qozog‘iston va O‘zbekistonni manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston uchun xalqaro sanksiyalarga tushish – manfaatli emas. O‘z energetika tizimini boshqa qudratli davlat nazoratiga o‘tkazish – uning manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi. Yoki kimdir Rossiya bilan bitta ittifoqda bo‘lib, u bilan aytishib, tortishib, o‘z manfaatlarini qondirishga va keyingi safar Rossiyaning nishoniga aylanmaslikka ishonadimi? Och ayiq bilan eng yaxshi munosabatda bo‘lish – undan imkon qadar uzoqda bo‘lish hisoblanadi.

Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat