
Barchamizga ma’lumki, oila muqaddas dargoh, unda dunyoga kelgan farzandlar himoyasiz bo‘lib, eng avvalo ota-onaning parvarishi va ta’minotiga muhtoj bo‘ladi. Qonunchiligimizda, bolaning voyaga yetguniga qadar uning ta’minoti, ta’limi va tarbiyasi uchun bevosita ota-ona javobgarligi belgilab qo‘yilgan.
FIB Qo‘qon tumanlararo sudining 15.09.2013 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor A.Sh.dan undiruvchi A.Z.ning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining voyaga yetguniga qadar har oyda jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilgan.
Qarzdor A.Sh. 30.11.2022 yil kuni undiruvchi A.Z. bilan o‘zaro kelishgan holda 1 nafar farzandini 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan 85.000.000 so‘m aliment pullarini oldindan to‘liq to‘lab berdi va ijro hujjati tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar