18:20 / 10.12.2022
1 622

«Odammi bular yo eshakmi?» Chirchiqda bozorqo‘m non sotuvchi ayol va uning o‘g‘li bilan janjallashdi

«Odammi bular yo eshakmi?» Chirchiqda bozorqo‘m non sotuvchi ayol va uning o‘g‘li bilan janjallashdi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda «Chirchiqda bozorqo‘m odamlar noroziligi va nafratini uyg‘otmoqda» izohi bilan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi nazoratida Chirchiq shahri IIB tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, jarayonda ishtirok etgan 56 yoshli fuqaro T.T. (1-kichik nohiya dehqon bozori ma’muriyati boshlig‘i) shu bozorda non sotuvchi ayol va uning 22 yoshli o‘g‘li bilan ular non rastasidan tashqarida savdo qilayotgani uchun tortishgan va bu voqea janjalga aylangan.

Videolavhada bozor rahbarining fuqarolarni haqoratlab so‘kkani, ayol ham unga javoban haqoratli so‘zlar ishlatganini ko‘rish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan ishtirokchilarning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

Yakuniy natija bo‘yicha jamoatchilik uchun batafsil ma’lumot beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Odammi bular yo eshakmi?» Chirchiqda bozorqo‘m non sotuvchi ayol va uning o‘g‘li bilan janjallashdi